12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Ijtimoiy hayot
3 Iyul  2019 786

Endi “Haj” va “Umra” safariga boradiganlar tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (551-son, 03.07.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ilgari tibbiy ko‘rikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul o‘tkazilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech