14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Mamlakatimizda
26 Iyun  2019 812

Endi hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda bo‘ladi

O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (522-son, 25.06.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Qarorga muvofiq, ruspublika hududida 2019-yil 1-iyuldan boshlab hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish ixtiyoriy ravishda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun majburiy tartibda joriy etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” DUK elektron hisobvaraq-fakturalarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi.

Qaror bilan O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech