23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2019 1114

Endi talabalar ma’lumotnomani  Davlat xizmatlari agentligidan oladi

Ma’lumki, barcha vazirlik va idoralar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ko‘plab ishlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirilyapti. Chunki barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yildan boshlab xabar berilganidek, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abiturientlar hujjatlarni Davlat xizmatlari agentligi, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta maxsus va oliy  ta’lim muassasalaridan o‘qish joyidan ma’luotnoma taqdim etish, ya’ni shu muassasada o‘qiyotgani haqidagi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilinadi. Bu bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqildi. Tizim tarmoqqa ulangan. Bu amaliyot 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab ishlay boshlaydi.

Shuningdek, ta’lim to‘g‘risidagi diplomlarning dublikatini berish ham 2020-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari agentligidan berila boshlanishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda bu boradagi ishlar davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech