22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Urbanizatsiya
12 Yanvar  2019 2436

Endi yer uchastkalari xususiylashtiriladi

Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan:

- yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

- jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

- xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;

- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;

- xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech