18 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,3 °C

Xalqaro hamkorlik
6 Fevral  2019 2384

Energetika vaziri MAGATE delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkentda 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya O‘zbekistonga “O‘zatom” agentligi va mamlakatning birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga aloqador boshqa tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazish doirasida tashrif buyurgan. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar qiladi. 

            Uchrashuvda mamlakat tomonidan kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilayotgani ham ta’kidlab o‘tildi. Hozirgi paytda o‘zbekistonlik 58 talaba “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitetida ta’lim olmoqda. Ayni chog‘da Toshkentda mazkur universitetning filialini tashkil qilish ishlari olib borilmoqda va bu yerda O‘zbekiston yadro energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlanadi.

            AESni barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida MAGATE bilan hamkorlik ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Xalqaro agentlikning ushbu seminari ham shundan dalolat beradi.

            Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi delegatsiyasi nomidan so‘zga chiqqan MAGATEning yadro qurilmalari xavfsizligi bo‘limi direktori Greg Jentkovski uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, tinch atomdan foydalanuvchi mamlakatlar qatoriga kirayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan hayratga solayotganini ta’kidladi.

            “Yadro energetikasini rivojlantirish katta resurslarni, jumladan, investitsiyalarni talab qiluvchi loyiha hisoblanadi. AES qurilishi ishlari murakkab bo‘lsa-da, siz ularni qisqa muddatda bajarishga tayyor ekanligingiz quvonarli. Biz esa, o‘z navbatida, sizni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, bu  loyihangizga barcha xavfsizlik talablariga mos bo‘lishiga yordam beradi”, - dedi  G.Jentkovski.

            U yana shuni qayd etdiki, MAGATE delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatda AES qurilishi bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishida xavfsizlik bosh ustuvor vazifa ekaniga ishonch hosil qildi.

            «O‘z zimmangizga MAGATE talablariga mos bo‘lish majburiyatini olayotganligingiz juda muhim. Biz, o‘z navbatida, ushbu standartlarni sizning mamlakatingizda ommalashtirish bo‘yicha imkon qadar barcha choralarni ko‘ramiz. Biz loyihangiz samarali va xavfsiz bo‘lishini istaymiz”, - dedi  G.Jentkovski.

            Ta’kidlash zarurki, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi hamkorligining 25 yilligi nishonlanadi. Bugun bu hamkorlik birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech