15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Energetika
11 Iyul  2020 407

Energiya resurslari tejaladi

2020-yil 10-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4779-sonli “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

- 2020-yil 1-avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1MVt gacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish boʻyicha tarif sotish, tarqatish va yetkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi isteʼmolchilari darajasida belgilanadi;

- sanoat koʻlamidagi qayta tiklanuvchi elektr manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlar auksion (tanlov) orqali aniqlanadi.

- 2020-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha 750 kVAgacha boʻlgan quvvatda ulangan hamda qoʻshimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi isteʼmolchilar (Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha) uchun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi boʻyicha 1,5 baravar kamaytirilgan koeffitsiyent qoʻllaniladi;

- yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov kiritish toʻgʻrisidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Qaror bilan 3,3 millard kVt soat elektr energiyasi, 2,6 milliard m³ tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020-2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech