30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
4 May  2020 1020

Energiya ta’minotiga yangicha yondoshuv

Hukumatimiz tomonidan «2020 – 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiya bilan ta’minlash konsepsiyasi» qabul qilindi.

Ushbu strategiya xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, jadal rivojlanayotgan aholi va mamlakat iqtisodiyotining energiyaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida sohani tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgan.

Hujjatning strategik maqsadi – O‘zbekiston aholisini va iqtisodiyotini raqobatbardosh narxlarda elektr energiya bilan ta’minlash, eng yaxshi jahon amaliyotlari va jahon elektr energetikasidagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab oluvchi muvozanatlangan energetika sektorni rivojlantirishdir.

Konsepsiyada quyidagilarga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan:

mavjud elektrstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha energiya samarador texnologiyalardan foydalangan holda yangi elektr stansiyalarini qurish; elektr energiyasi hisobini yuritish tizimini takomillashtirish;

qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh energiyasi manbalarini rivojlantirish; tarif siyosatini takomillashtirish va ulgurji bozorga chiqishni ta'minlash bo‘yicha huquqiy islohotlarni amalga oshirish.

2030-yilgacha quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

- Elektr energiyasining o‘rnatilgan quvvatini 12,9 GVt dan 29,3 GVtgacha, ishlab chiqarishni esa 63,6 mlrd kVt⋅s.dan 120,8 kVt⋅s.gacha ko‘paytirish;

- elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz sarfini 16,5 milliard kubometrdan 12,1 milliard kubometrgacha qisqartirish;

- elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni 2,35% ga, va uni taqsimlashda – 6,5% ga kamaytirish (2019 yildagi darajani 1,85 marotaba kamaytirish).

Hujjatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jadal rivojlanishini ta'minlash maqsadida ushbu sohada davlat-xususiy sherikchiligini keng qo‘llash choralari ham belgilangan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech