05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 395

Eron sanksiyalar bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi

Abbos Musaviy qator davlatlarning sanksiyalarni bekor qilish tashabbuslarini yuqori baholadi.

Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Abbos Musaviy Rossiya va yana yettita davlatning koronavirusga qarshi kurashga to‘sqinlik qilayotgan sanksiyalarni bekor qilish haqida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshga  yo‘llagan maktubini yuqori baholadi, deb xabar beradi ISNA agentligi.

O‘tgan payshanba kuni  Rossiya, Xitoy, Eron, Suriya, KXDR, Kuba, Nikaragua va Venesueloning BMTdagi doimiy vakillari Bosh kotib Antoniu Guterresh nomiga mamlakatlarning koronavirusga qarshi kurashiga to‘sqinlik qilayotgan sanksiyalarni to‘laligicha bekor qilishni talab qilishni so‘rab maktub yo‘llagan edi.

«BMT Bosh kotibi nomiga maktub yozgan mamlakatlarning hatti-harakatlari o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. Umid qilamizki, xalqaro hamjamiyat nafaqat koronavirus sharoitida, balki oddiy holatlarda ham AQSh tomonidan qo‘llanilayotgan shafqatsiz va noinsoniy sanksiyalariga qarshi to‘g‘ri harakatlarni amalga oshiradi. Bu nafaqat Eronga nisbatan, balki boshqa mustaqil davlatlarga qarshi qabul qilingan sanksiyalarga ham tegishlidir», - dedi Musaviy.

Uning ta’kidlashicha, ushbu qadamlar juda muhim va mamlakatlar amerakaning «qaroqchilik» harakatlariga qarshi zarur choralarni ko‘rish uchun ittifoq tuzadilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech