15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,8 °C

Sport
29 Avgust  2019 727

Ertaga Bektemir Meliqo‘ziev meksikalik raqibiga qarshi ringa chiqadi

Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziev 30-avgust kuni o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziev shu kuni meksikalik Rikardo Adrian Luna Floresga (22-6-1, 14 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur to‘qnashuv Kaliforniya shtatining Pasadena shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida tashkillashtiriladi. Jang olti raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev 13-iyun kuni Hollivudda bo‘lib o‘tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech