18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,3 °C

Energetika
9 Dekabr  2019 548

Ertaga Farg‘ona va Namanganning ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha uziladi

10-dekabr kuni Farg‘ona va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi, deb xabar qiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

FARG‘ONA VILOYaTI

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuqori kuchlanishli “L-Toshxovuz” 35kVli havo uzatmasida joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, Quva tumanining “Toshxovuz”, “Go‘zal”, “Turk rovot”, “Xo‘ja Xasan”, “Muydin Xasan”, “Quva”, “Do‘stlik, “Madaniyat”, “Xonobod”, “Pastki Xonobod” MFYlarda soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Shuningdek, Quva tumanidagi 110/35/10 «Bahor» nimstansiyasida rele himoyalarini tekshirish ishlari olib borilishi sababli, nimstansiyadan chiquvchi 10 kVli “O‘raboshi” hamda “Uchtol” havo uzatmalari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi “Dehqonobod”, “Bahor”, “Yangiobod” MFY hududlarida ham elektr energiyasi berilishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Yozyovon tumanida “Obod qishloq” davlat dasturi ijrosi yuzasidan №43 hamda №479-sonli transformator punklarining yukini yengillashtirish maqsadida o‘rnatilgan yangi transformatorlarga 0,4 kVli yangi tarmoq tortilishi sababli, “Takalik”, “Ishtirxon” MFYlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Marg‘ilon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2661-sonli qarori ijrosi bo‘yicha №53-sonli transformator punktidan chiquvchi tarmoqda montaj, demontaj ishlari amalga oshirilishi sababli, “Surxtepa” MFY hududi vaqtincha elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi.

NAMANGAN VILOYaTI

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning yillik elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta'mirlash rejasiga asosan hamda iste'molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini rejim bo‘yicha yetkazib berilishini ta'minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida, viloyatning:

- Namangan shahridagi 110/6 kVli “Oydinko‘l” va 110/6 kVli “Sho‘ro” nimstansiyalarida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida shahardagi “Sohibkor”, “Gulpora”, “Yangi Qurilish”, “Ilg‘or”, “Amir Temur”, “Madaniy-Maorif”, “Yakka Sada” va “Yangi Hayot” MFYlari hududlarida;

- Pop tumanidagi 110/35/6 kVli “Uyg‘ursoy” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumandagi “Turkiston” MFY hududlarida;

- Uychi tumanidagi 110/35/10 kVli “Kapteks” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumandagi “Oqtosh”, “Tepasaroy”,  “Bog‘” “Yangichek”, “Umid”, “Qo‘rg‘oncha” va “Navoiy” MFYlar hududlarida;

- Uchqo‘rg‘on tumanidagi 110/35/10 kVli “Qo‘g‘ay” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumanning “Qo‘g‘ay”, “Na'muna”,  “Islomobod”, “Uchyog‘och”, “Nurobod”, “Sharxochek”, “Istiqbol”, “Qo‘g‘ay O‘lmas”, “Baxriobod” va “Yorqinboychek” MFYlar hududlarida;

- Chust tumanidagi 110/35/10 kVli “Olmos” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumanning “Buloqboshi”, “Toshqo‘rg‘on” va “Mashhad” MFYlar hududlarida;

- Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 110 kVli “Iskovot-2” elektr uzatish havo tarmog‘ida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumanning “Poromon”, “Oqtepa”, “Madaniyat” va “Xadikent” MFYlar hududlarida soat 08:00 dan soat 17:00 ga qadar elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech