25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,3 °C

Transport
17 Yanvar  2020 1890

Eski avtomobilingizda keling, o‘rniga yangisini olib keting

UzAuto Motors sotuvda mavjud bo‘lgan avtomobillarni Trade-In dasturi orqali xarid qilishni taklif qiladi. Bu dasturiga muvofiq siz o‘zingizning eski minilgan avtomobilingizni rasmiy dilerga topshirib, o‘rniga yangisini olishingiz mumkin. Buning uchun esa yangi mashina bilan eskisining narxi o‘rtasidagi farqni to‘lash kifoya.

Avtomobilingizni yangisiga almashtirish tartibi:

-  Siz avtosalonda yangi avtomobilni tanlaysiz.

-  Avtosalon mutaxassisi sizning avtomobilingizni texnik holati va ishlab chiqarilgan yili bo‘yicha baholaydi.

-  Avtomobilingizni yangisiga almashtirish shartnomasini imzolaysiz. Eslatib o‘tamiz, bunda bitimni notarial tasdiqlashning hojati yo‘q.

Yangi mashina narxi bilan eskisining narxi o‘rtasidagi farqni to‘lashingiz bilan yangi avtomobil sohibiga aylanasiz.

Ma'lumot uchun: Bugun Trade-In dasturi bo‘yicha Tracker, Lacetti, Nexia-3, Spark, Cobalt hamda Malibu kabi avtomobillarning turli rang va komplektatsiyalari mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech