16 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,7 °C

Dolzarb
29 Iyun  2020 423

Yevrokomissiya vaksina uchun yana 6 milliard yigʻdi

Yevrokomissiya xayriya aksiyasi doirasida yana 6 milliard yevrodan koʻproq yigʻdi. Testdan oʻtkazish, tibbiy jihozlar va vaksina ishlab chiqarish uchun mablagʻ yigʻilishi Yevroittifoq tomonidan may oyining boshida eʼlon qilingan edi. Hadya tariqasida yigʻilgan mablagʻning umumiy hajmi 16 milliardga yetadi, lekin bu hali oz.

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen shunday dedi:

“Muddati va miqyosi jihatidan milsiz vaksina ishlab chiqarish uchun mablagʻ tikish kerak. Buni faqat butun dunyo bilan birlashgan holda amalga oshirish mumkin. Eng yaxshi olimlar birgalikda ishlashlari lozim boʻladi, xalqaro tashkilotlar kuchlarini birlashtirishi kerak. Hukumatlar, kompaniyalar, homiylar mablagʻ ajratishlari kerak boʻladi. Oʻnlab milliardlar kerak boʻladi”.

Yevrokomissiyada taʼkidlashicha, kampaniya doirasida ishlab chiqilgan vaksinadan sayyoramizdagi har qanday odam foydalana olishi mumkin. Undan tashqari, yigʻilgan mablagʻ aholining eng zaif qatlamiga va dunyoning eng koʻp jabrlangan jamiyatlariga yetib borishi kerak, deb xabar beradi euronews.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech