05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

investitsiyalar
6 Mart  2020 610

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xususiy sektorni ham moliyalashtiradi

Joriy yil 5-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti S.Chakrabartini qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, 2019-yildagi qo‘shma faoliyat natijalari, amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi holati va 2020-yilda o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Chakrabarti 2019-yilda O‘zbekiston eksporti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan investitsiyalarni misli ko‘rilmagan darajada o‘sganini qayd etdi.

Hozirgi vaqtda o‘zaro hamkorlik portfelini bankning 1,8 milliard yevrodan ortiq mablag‘lari hisobiga 78 ta tugallangan va davom etayotgan ustuvor loyihalar shakllantiradi.

Loyihalar energetika, transport va uy-joy-kommunal infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar kiritish, xususiy sektorni rivojlantirish kabi muhim tarmoqlar va yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Bankning  aholini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilishga va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga imkon beradigan xususiy sektordagi loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratish to‘g‘risidagi rejalari bayon etildi.

Qo‘shma tadbirlar doirasidagi hamkorlik istiqbollariga ham to‘htalib o‘tildi - 2023-yilda YeTTB Boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishini Samarqand shahrida o‘tkazish tashabbusi muhokama qilindi. Mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror joriy yil may oyida Londondagi Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida qabul qilinishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida YeTTB tomonidan «Issiqlik elektr stansiyalari» OAJ ob’ektlari modernizatsiyasiga 190,6 million dollar miqdordagi mablag‘lar ajratishi to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi, deb xabar beradi Investitsiyalar v tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech