21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Harbiy
7 Sentyabr  2019 655

Ezgulik albatta qaytadi

Respublikamizning barcha hududlarida “Ezgulik albatta qaytadi!” shiori ostida o‘tkazilgan qon topshirish hayriya aksiyasida Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari hamda xodimlari faol ishtirok etdi, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Xodimlar va xarbiy xizmatchilar ko‘ngilli ravishda qon topshirish uchun maxsus markazlarga tashrif buyurdilar va ko‘plab bemorlar uchun zarur bo‘lgan hayot tomchilarining yig‘ilishiga sidqidildan hissa qo‘shdilar.  

Bu kabi yaxshilikka chorlovchi tadbirlar insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehrni mustahkamlab, yoshlarni ana shunday ruhiyatda tarbiyalanishiga o‘rnak, kelajak avlodga esa namuna bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech