17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

IT-xabarlar
14 Avgust  2019 432

Facebook foydalanuvchilarning ovozli xabarlarini eshitishni to‘xtatganini aytdi

Facebook foydalanuvchilarning audio suhbatlarini rasshifrovka qilish uchun yollangan xodimlarga haq to‘lagan.

Facebook Inc. kompaniyasi yuzlab shtatsiz xodimlariga o‘z servislaridan foydalanuvchilarning audio yozuvlarini transkripsiya qilib bergani uchun haq to‘lagan.

Anonim qolishni istagan xodimlarning aytishicha, ularni audio yozilgan joy yoki qanday qilib olingani haqidagi ma'lumotlarning yo‘qligi tashvishlantirgan va yollanma mutaxassislarga faqat transkripsiyalash (tovushlarni harflar vositasida aniq ifodalash) topshirilgan. Ular foydalanuvchilarning ovozli xabarlarini eshitishgan, lekin nima uchun Facebookka ularni transkripsiya qilish kerak bo‘lib qolganini bilishmagan.

Kompaniyaning o‘zi foydalanuvchilarining ovozli xabarlarini transkripsiya qilganini tasdiqladi va seshanba kuni buni boshqa amalga oshirmasligini hamda bir hafta burun xabarlarni monitoring qilishni to‘xtatganini ma'lum qildi.

Facebook shuningdek, bundan zarar ko‘rgan foydalanuvchilar ovozli xabarni aniqlash uchun Facebook Messengerda tegishli variantni tanlashganini aytdi. Yollangan xodimlar Facebookning sun'iy intellekti anonim bo‘lgan xabarlarni to‘g‘ri talqin qilganmi-yo‘qmi tekshirishganini ma'lum qildilar.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech