20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Mamlakatimizda
30 Sentyabr  2019 736

Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari bo‘ladi

Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (30.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, “Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi” unvoniga, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati, O‘zbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha maslahatchi etib biriktiriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi mavjud oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilarining mazkur qarorda belgilangan oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida pedagogik amaliyot o‘tashi tashkil etiladi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi bo‘limida “Sport faoliyati” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech