17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Sport
23 Avgust  2019 404

Falastinga qarshi o‘yin uchun terma jamoamiz yig‘iniga kimlar chaqirildi?

Xabaringiz bor, sentabr oyida Jahon chempionati–2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda 5-sentabr kuni Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28-avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig‘inga kirishadi.

O‘FA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu yig‘inga 24 nafar futbolchi jalb etildi: 

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”),

Eldor Suyunov (“Paxtakor”),

Botirali Ergashev (“Dinamo”). 

Himoyachilar:

yegor Krimets (“Paxtakor”),

Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), 

Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya),

Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”),

Oleg Zoteev (“Lokomotiv”),

Farrux Sayfiev (“Paxtakor”),

Davron Xoshimov (“Lokomotiv”),

Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”). 

Yarim himoyachilar:

Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”),

Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy),

Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya),

Aziz G‘aniev (“Nasaf”),

Oston O‘runov (“Lokomotiv”),

Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”),

Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya),

Doston Ibragimov (“Qizilqum”),

Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”),

Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar:

Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya),

Igor Sergeyev (“Paxtakor”),

Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”). 

Ta'kidlash joiz, 28-avgustdan yig‘inga kirishadigan terma jamoamiz Toshkentda 3-sentabrga qadar mashg‘ulotlar olib boradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech