30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
8 May  2020 462

Faqat o‘z hududida

Karantin davrida yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatish bir qator tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilgan holda amalga oshirilish lozim. 

Respublikasi maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq 2020-yil 8-maydan boshlab, «sariq» toifadagi Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hamda «yashil» toifadagi Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga ruxsat etildi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishda bajarilishi majburiy bo‘lgan ayrim qoidalar ham belgilandi:

Xususan, yo‘nalishsiz taksilar:

- yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi,

- haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi),

- yo‘lovchilar avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi,

- yo‘nalishsiz taksi haydovchisi faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi, deb ogohlantiradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech