21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Transport
8 Iyul  2019 640

“Farg’ona-avtomarkaz” dilerlik markazi rahbari va bir nechta xodimi ishdan olindi

“UzAuto Motors” kompaniyasiga fuqarolardan “Farg’ona-Avtomarkaz” MChJ dilerlik markazi faoliyatiga doir kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni o‘rganish natijasida tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun mazkur avtosalon rahbari va bir nechta mas'ul xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Xususan, mazkur avtosalon o‘z faoliyati davomida yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan bir qator ariza va murojaatlarni tegishliligicha yo‘naltirilmaganligi aniqlandi.

Mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklandi.

Agar siz dilerlik markazlarida yuqorida ko‘rsatilgan holatlarning guvohi bo‘lsangiz darhol 78 141 14 14 raqamlari orqali kompaniya “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Barcha qonunga hilof harakatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Kompaniya dilerlik korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlash borasidagi amaliy harakatlarni davom ettiradi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech