23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Xavfsizlik
4 Iyun  2019 977

Farg‘ona politexnika instituti boshqarma boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda bo prokuratura matbuot xizmati.

Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institutning 1-kursida “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinini vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech