04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Mamlakatimizda
26 Mart  2020 251

Farg‘ona Tailanddan olib kelingan fuqarolarni kutib oldi

26-mart soat 05-25 da «Bangkok-Farg‘ona» charter reysi orqali Bangkok shahridan jami 257 nafar (67 erkak, 163 ayol, 27 voyaga yetmagan, ulardan 18 o‘g‘il bola, 9 qiz bolalar, shundan 255 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 1 nafar ayol Rossiya va 1 nafar erkak Ukraina fuqarosi bo‘lgan) fuqarolar Farg‘ona xalqaro aeroportida kutib olindi.

Aeroportning o‘zida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar aniqlanmadi.

Bir nafar fuqaro - 2010-yil 7-mayda tug‘ilgan, Toshkent shahar, Yunusobod tumani M-6 mavze 90-uyda yashovchi Ogorodnikov Mixail qarovchisi yo‘qligi bo‘lganligi sababli shu reysning o‘zida Toshkent shahriga yuborildi.

Qolgan 256 nafar fuqarolar maxsus ajratilgan  avtobus va yuk mashinasida Rishton tumanidagi «Sog‘lomlashtirish profilaktoriyasi»ga joylashtirildi va to‘liq tibbiy kuzatuvga olindi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech