05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Sanoat
16 Yanvar  2020 1676

Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ish boshladi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida Shanxi Xiangsheng yirik Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan sement zavodi ish boshladi, deya xabar beradi Xorijiy investitsiyalarini jalb qilish agentligi.

Ilg‘or texnologiyalarning joriy qilinishi yangi zavodning ishlab chiqarish quvvatini bir kunda 2 500 tonna yuqori sifatli qurilish materiali tayyorlashga yetkaza oladi.

113 million dollar investitsiyaning samarali o‘zlashtirilishi loyihaning dastlabki bosqichini yakunlash va shu o‘rinda 300 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Bu yerda yil oxirida — zavodning to‘la quvvat bilan ishga tushirilishi natijasida 700 nafar mahalliy aholi bandligi ta’minlanadi.

Shanxi Xiangsheng Xitoy kompaniyasi rahbari Guajo Gu investorlarning mamlakatimizning beshta viloyatida umumiy quvvati yiliga 6 million tonna sement ishlab chiqaradigan shunday zavodlar qurish rejasi borligi haqida xabar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech