16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Kеyingi avlod
24 Iyun  2019 421

Farg‘onada 139 nafar o‘quvchi maktabni oltin medal bilan tamomladi

Farg‘onada umumta'lim maktablarini a'lo baholarga bitirgan, har jihatdan namuna bo‘lgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 916 ta umumta'lim maktabi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularda yoshlarning zamonaviy bilim egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yil shahar va tumanlarda 28 ming 221 nafar o‘g‘il-qiz umumta'lim maktabini tamomladi.

Umumta'lim maktablarini oltin va kumush medalga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi katta tadbirga aylandi. Bitiruvchilarning 139 nafari oltin, 126 nafari esa kumush medal sohibi bo‘ldi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari F.Qosimov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatov bitiruvchilarni oltin va kumush medallarni topshirib, ularga kelgusida jamiyat uchun munosib vorislar bo‘lib yetishishida oq yo‘l tiladi.

Shuningdek, tadbir davomida turli musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech