07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Agrosеktor
12 Fevral  2020 998

Farg‘onada ekinlar «onlayn rejim»da sug‘oriladi

Farg‘ona viloyatida respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni «onlayn rejim»da masofadan boshqarish joriy etildi. O‘rnatilgan avtomat qurilmalar elektr energiyasini tejash, avariya holatlarini oldindan aniqlash, quduqdagi nasosning yoqib-o‘chirilishini nazoratga olish imkonini berish barobarida suvning behuda isrof bo‘lishini sezilarli kamaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bir vaqtning o‘zida bir nechta tik sug‘orish quduqlarini bir nuqtadan boshqarish imkonining mavjudligi.

Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli, Farg‘ona tumanining «Oqbilol» hududida joylashgan 314-sonli tik suv chiqarish qudug‘i umumiy maydonii 31,5gektarga teng  5 ta fermer xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadi. Ilgari ushbu quduqdan suv oluvchi eng oxirgi dala maydoniga obi-hayot to‘rt-to‘rt yarim soatda ariq orqali yetib borgan. Shuncha vaqt davomida elektr energiyasi ham sarflangan. Shu bilan birga, yer ostidan tortib chiqarilgan suvning qariyb yarmi ekinlargacha yetib borgan, xolos.

Sug‘orish qudug‘iga 160 diametrli polietilen quvurdan 500 metr tortilib, 5 ta fermer xo‘jaligining har biriga bittadan suv quloqlari (zadvijka) o‘rnatilganidan so‘ng, suv 4 daqiqa ichida bir tomchi ham yo‘qolmasdan oxirgi dala maydoniga yetib boradigan bo‘ldi.

Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, shu quduqqa o‘rnatilgan nasos soatiga 45 kilovat/soat (kilovat) yoki 20 250 so‘m mablag‘ sarflayotgan bo‘lsa, 4 soatda bu ko‘rsatkich 180 kilovat/soat yoki 81 ming so‘mni tashkil etadi. Endilikda har sug‘orish chog‘ida 4 soat ariq to‘lg‘azishga ketgan elektr energiyasi yoki 81 ming so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinmoqda. Umuman olganda, ilgarigiga nisbatan elektr energiyasini 15 foiz tejash va suv yo‘qotilishini 50 foiz kamaytirishga erishildi.

Loyihaning umumiy qiymati 25,0 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirgi kunda 27 ta tik quduqda bu yangilik joriy qilingan bo‘lib, birinchi chorak davomida ular sonini 45 taga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech