15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Kеyingi avlod
23 May  2019 771

Farzand tarbiyasiga yetarli e'tibor qaratmagan ota-onalar jarimaga tortildi

Xalq ta'limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 17-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi L.M va 10-sinf o‘quvchisi S.A o‘rtasida yuz bergan nizoli holat o‘rganib chiqildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13-aprelida L.M va S.A o‘rtasidagi janjalni shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sh.Sh uyali telefoni orqali tasvirga olgan hamda videotasmani telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi “Do‘stlar” guruhiga, shuningdek, “Gonzo” akkauntiga instagramga joylashtirgan.

Mazkur holat 26-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIB Voyaga yetmagan ishlar bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan. L.M.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga yetarli darajada e'tibor bermagani uchun MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarimaga tortilgan.

XTVning Huquqiy-nazorat xizmati tekshiruvi natijasida maktab direktori tomonidan janjalning boshqa ishtirokchilarini hisobotdan yashirgani, tuman va shahar XTB hamda IIBga xabar berilmagani aniqlandi. Xizmatning bevosita aralashuvidan so‘ng ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019-yilning 1-may kuni Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlari IIB Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasiga yuborilgan.

Shundan so‘ng 10-sinf o‘quvchisi S.A.ning ota-onasiga eng kam ish haqining ikki barobari, Sh.Sh.ning ota-onasiga eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarimaga tortilgan.

Shuningdek, maktab direktori hamda o‘rinbosarlariga “hayfsan” e'lon qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech