17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Madaniyat
13 Avgust  2019 592

O‘zbekistonlik rejissyorning «Dengiz ruhlari» filmi xorijda namoyish etildi

O‘zbekistonlik rejissyor Andrey Arutyunov tomonidan o‘z ssenariysi va prodyuserligi asosida suratga olingan «Dengiz ruhlari» filmi Viborgda o‘tkazilgan festival ishtirokchilari, mehmonlari va oddiy viborgliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yaxshi tanlangan aktyorlar tarkibi – rossiyaliklarga yaxshi tanish Seydulla Moldaxanov va O‘zbekistonda taniqli aktyorlar Nigina Anarbayeva va Sherali Ortiqovlar.  mirnov.ru da keltirilishicha, kinokartina «Koproduksiya» tanlovi doirasida taqdim etilgandi.

Bir yarim soatlik Estoniya-O‘zbekiston-Rossiya kinoijodkorlari suratga olgan filmdagi harakatlar ilgari dengiz bo‘lgan, ammo u qurib qolib, cho‘lga aylangan joy bilan bog‘liq. Nomi biror marta ham tilga olinmasa-da, tomoshabinlar darrov Orolni esga oldilar.

Seydulla Moldaxanovning qahramoni – qurib qolgan dengiz tubi endi u yog‘iga yashashdan ma'no yo‘qligiga aniq sabab bo‘lib tuyulgan og‘ir xasta, qari baliqchi. Biroq keksa odam oxir-oqibat hayotdan yangi ma'no topadi. Bunga o‘zi bezorilar changalidan qutqarib qolgan bolaning paydo bo‘lishi sabab.

Agar dengiz haqida gapirsak, u go‘yo izsiz g‘oyib bo‘lgan. To‘lqinlar mavjlangan joy o‘rnida endilikda qaqrab yorilgan dengiz tubi qolgan, endi bu yerda insonlar yashamoqda.

O‘tmishdan qochishga urinayotgan qari baliqchi. Qayig‘ini yo‘ltanlamasga almashtirgan chegarachi. O‘zgalar firibgarligi tufayli, deyarli bor budidan ajragan sobiq amaldor... Dengiz g‘oyib bo‘ldi, lekin uning qaytishiga umid bor.

Rejissyor Andrey Arutyunov matbuot anjumanida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qurigan dengiz tubida qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirdi. Aktyor Seydulla Moldaxanov esa hudud aholisining qanchalik samimiy, ochiqko‘ngil ekani haqida gapirdi:

– Ular bilan muloqot qilish men uchun juda qiziqarli bo‘ldi, og‘ir iqlim sharoitiga qaramay, u yerga yana va yana qaytishga tayyorman», – dedi aktyor.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech