18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Hukumat
2 Iyun  2019 1657
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Beshta tashabbus Bo‘ka qiyofasini tubdan o‘zgartirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanida Beshta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

Bo‘ka tumani davlatimiz rahbarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusni hayotga joriy etish bo‘yicha namuna qilib olingan. Bo‘ston, Chavlisoy, Yangiqo‘rg‘on va Rovot mahallalarida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari Bo‘ston mahallasidagi Yoshlar istirohat bog‘ida bo‘ldi. Qariyb 2 gektar maydonni egallagan bog‘da yoshlar voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, stol tennisi bilan shug‘ullanishi, attraksionlar, raqs maydoni, internet kafeda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin. Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida 4 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadigan Xalq kutubxonasi tashkil etildi. 450 tomoshabinga mo‘ljallangan “Bo‘ston arena” stadioni rekonstruksiya qilindi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi balansiga o‘tkazilgan stadionda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 100 dan ziyod o‘quvchi-yosh futbol bilan shug‘ullanadi.

Ilgari hudud aholisi oddiy tashxis uchun ham tuman markaziga borishga majbur edi. Hududdagi 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi mukammal ta’mirlanib, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 100 qatnovga mo‘ljallangan shifo maskani beshta mahalladagi 14 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona, elektron poliklinika tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

Davlatimiz rahbari poliklinikadagi sharoitni, uning yonida barpo etilgan “Bo‘ston baraka chevarlari” MChJga qarashli tikuvchilik sexini ko‘zdan kechirdi, tikuvchi ayollar bilan muloqot qildi.

– Mening niyatim sizlarni rozi qilish, ayollarning charaqlagan baxtli ko‘zlarini ko‘rish. Sizlar xursand bo‘lsangiz, oilalaringiz xursand bo‘ladi, bolalarning dunyoqarashi, ma’naviyati o‘zgaradi, – dedi Prezident.

Mahalla guzarida go‘zallik saloni ochildi. Uzoq vaqt ishlamagan ushbu bog‘cha qayta ta’mirlandi va 150 bolani o‘z bag‘riga oladigan bo‘ldi. Guzardagi 1978-yilda qurilgan kinoteatr binosi shu kunga qadar qarovsiz holda edi. Bugun bu yerda 150 o‘rinli kinoteatr, raqs, doira, rubob, tasviriy san’at, fortepyano kabi to‘garaklardan iborat zamonaviy madaniyat markazi qad rostladi. 

– Uzoq yillar Bo‘ka tumaniga yetarli e’tibor berilmagani uchun xalqimizdan qarzimiz bor edi. Bugungi o‘zgarishlar - rahbarlar xohlasa nimalar qilishi mumkinligiga misol, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech