29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Moliya
10 Aprel  2020 1187

Foizlar hisoblanishda davom etadi

Xabaringiz bor, pandemiya tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlar va fuqarolarga kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2020-yilning 1-oktyabriga qadar kechiktiriladi.

Shuningdek, karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdorlarning muddati o‘tgan kreditlariga jarima sanksiyalari qo‘llanmaydi va undiruv garov ta'minotiga qaratilmaydi.

MB mutasaddilari mazkur tartibning amal qilish mexanizmi yuzasidan tushuntirish berib, «kredit ta’tili» davrida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishini va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanishi lozimligini ma’lum qildi. Shu bois, qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlar o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech