20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Harbiy
12 Iyun  2019 598

Forishda o‘zbek – fransuz merganlari hamkorligida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Markaziy harbiy okrugi “Forish” tog‘ dala o‘quv maydonida Fransiya Qurolli Kuchlari harbiy delegatsiyasi tomonidan “Snayper kundaligi” dasturi bo‘yicha 3 bosqichda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

 

Dastlabki bosqichda merganlar aniqlikka otish nazariyasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishadi. Ikkinchi bosqichda esa nazariy tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylardan oy davomida uzoqlikka otish mashqlarini amaliy bajarish talab etiladi. So‘ngi bosqichda ishtirokchilarga mutaxassislik pedagogikasiga oid bilimlar beriladi.

Yuqoridagi sinovlardan a’lo natijalar bilan o‘tgan merganlargina yo‘riqchi maqomiga ega bo‘lishi mumkin.

Bir necha kundan beri fransuz ofitseri kapitan Jan-Tama Toyer, katta serjant Lasha Sulakauri hamda serjant Miksil Kokashvili tog‘ sharoitida merganlik amaliyoti bo‘yicha yakuniy bosqich mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.

Ushbu mashqlar real jangovar harakatlarga yaqin tarzda, ya’ni harakatlanayotgan avtomobilda, bino, daraxt ortidan, tog‘li hududda ko‘rinishi yomon bo‘lgan tungi sharoitlarda olib borilmoqda. Unda to‘g‘ri nishonga olish, niqoblanish, joyni tanlash, uzoq va yaqin masofalarda qurollarni samarali qo‘llash metodlari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning yopilish tantanasi 13-iyun kuni Fransiya davlatining O‘zbekistondagi elchisi ishtirokida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech