21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Harbiy
21 Iyun  2019 1228

“Forish”da O‘zbekiston–Buyuk Britaniya harbiylari mashg‘ulot o‘tkazmoqda

28-iyun kuniga qadar Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston—Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vakillari hamkorlikdagi taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda Buyuk Britaniya qurolli kuchlaridan tashrif buyurgan 30 nafardan ziyod harbiylar hamda O‘zbekiston maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

Hozirda hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari davomida shahar va cho‘l hududida shartli dushman o‘rnashgan bino yoki joyga seksiya va guruh tarkibida kirib borish, qurshab olish, hujumga o‘tish taktikasi ko‘rib chiqilyapti.

Shuningdek, mashg‘ulotlarni Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston elchixonasidagi harbiy attashesi podpolkovnik Endryu Strefford va Maksim Kudryasev, malakali yo‘riqchilar Kurtis Kane, Pankin Brentobin va boshqalar bevosita kuzatib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech