07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Dolzarb
28 Iyun  2019 1322

Birgina Jahon okeanini himoya qilish emas: Osakada G20 forumi boshlandi

Yaponiyaning bu shahridagi eng yirik sammitga qator mamlakatlar rahbarlari tashrif buyurdi.

Tadbir ikki kun davom etadi. To‘rtta plenar yig‘ilish rejalashtirilgan, unda ishtirokchilar Fors ko‘rfazidagi iqtisodiyot, ekologiya va keskinlik masalalarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, sammitga a'zo mamlakatlar prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Fransiya rahbari Yaponiya bosh vazirining G20 yakunlari bo‘yicha Jahon okeanini himoya qilish mavzusini ham kun tartibiga kiritish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, mezbon mamlakat aholisi unga: «Moviy okean: Osakadan nazar» nomini bergan, deya  xabar beradi «evronyus».

Yigirmatalik guruhi 1990-yil oxirida, Osiyo mamlakatlarini qamrab olgan inqirozga javob sifatida paydo bo‘lgan. «Katta yettilik» jumladan, global muammolarni muhokama qilish uchun Xitoy va Hindistonni ham jalb etish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.

Sammitda Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi ishtirok etadi.

Bunday tarkibdagi hozirgi uchrashuv o‘n to‘rtinchisi bo‘ladi, deya xabar beradi manba.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech