15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Bilasizmi?
6 May  2019 1178

Koinotning batafsil tasviri paydo bo‘ldi

AQSh Aeronavtika va fazo tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NASA) 256 mingdan ziyod galaktika aks etgan suratni e’lon qildi. Ushbu surat hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan Koinotning eng batafsil tasviriga aylandi, deya xabar beradi NASA sayti.

Qayd etilganidek, fotosurat mozaika bo‘lib, «Xabbl» teleskopi tomonidan 16 yil davomida tasvirga tushirilgan 7,5 mingta surat jamlanmasidan iborat. Xususan, rasmda Ulkan portlashdan so‘ng 500 million yil o‘tib paydo bo‘lgan galaktikalarni ham ko‘rish mumkin.

Surat chorak terabayt hajmga ega va uni odatdagi dasturlar bilan ochib bo‘lmaydi. Tasvir o‘lchamini faqat NASA tomonidan e’lon qilingan qisqa video orqaligina baholash mumkin.

Aprel oyida Yevropa janubiy observatoriyasi olimlari qora tuynuk fotosuratlarini taqdim etgandi. Mazkur ish Event Horizon Telescope teleskopining global tarmog‘i orqali amalga oshirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech