14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Mamlakatimizda
16 Avgust  2019 498

Fuqarolarga shaxsiy ehtiyoj uchun quduqlar qazishga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan (672-son, 14.08.2019 y.) yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab, yuridik shaxslar yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Ruxsatnoma burg‘ulash ishlarini bajarish davriga, lekin 1 yildan oshmagan muddatga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxslarga ularning murojaatiga asosan beriladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (66 900 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Quyidagilar uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi:

- jismoniy shaxslarga chuqurligi 25 metrgacha bo‘lgan quduqlarni qazish uchun va sutkasiga ko‘pi bilan 5 kub metr hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyoj uchun yakka tartibda olishga mo‘ljallanganda;

- gidrogeologiya korxonalari uchun yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash ishlari har yilgi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilganda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech