26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,6 °C

Xavfsizlik
6 Dekabr  2019 1006

FVV “Qamchiq” dovonida harakatlanuvchilarni ogohlantiradi

Gidrometeorologiya xizmati tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bugun, 6-dekabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi, shamol tezligi sekundiga 5-10 metrgacha  kuchayishi kutilmoqda, deya xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e'tibor qaratishingizni so‘raymiz, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech