26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
29 Mart  2019 1313

FVV Samarqandda yomg‘irdan so‘ng sodir bo‘lgan toshqinlar haqida rasmiy ma'lumot berdi

Samarqandning qator ko‘chalarida surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

 

Yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yo‘li”, “Afrosiyob”, “M.Qoshg‘ariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “O‘zbekiston”, “A.Temur”, “Konimex”, “Mulyon-Sochaki bolo” chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.

Bundan tashqari, “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” ko‘chasidagi 48-uy, “M.Qoshg‘ariy” ko‘chasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” ko‘chasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” ko‘chasidagi 4-uy, “Muqimiy” ko‘chasidagi 31-uy, “Konimex” ko‘chasidagi 39-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan, deyiladi xabarda.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech