26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
19 Mart  2019 1796

O‘zbekistonning qaerida havo sharlaridagi aeronavtlarni ko‘rish mumkin?

Termizda bahor va yangilanish bayramini intiqlik bilan kutishdi.

 

Xalq sayiliga Balx viloyati hokimi Shujouddin Shujo rahbarligida Afg‘oniston Islom Respublikasidan katta delegatsiya  tashrif buyurdi. Shuningdek, Mozori Sharif shahridagi Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston konsullik muassasalari rahbarlari ham yetib keldilar. Mehmonlar Navro‘zga bag‘ishlangan xalq sayillarida faol ishtirok etishdi.

Balx va Surxondaryo viloyatlari o‘rtasida bahor bayramini Termizda hamda Mozori Sharifda nishonlash an'anaga aylanib bormoqda.

Bayram tomoshalarida O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi ham ishtirok etdi. Birgina ular emas. Qozog‘istondan havo sharlari bilan uchuvchilar ham taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, aeronavtlar Surxondaryo viloyatidan Toshkent viloyatining Nurafshon shahriga jo‘nab, u yerda ham havoga ko‘tarilishlarni amalga oshirishdi. 19-mart kuni ular Andijonda, 20-martda esa Navoida xalq sayllarining qiziqarli o‘tishiga hissa qo‘shadilar.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech