28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,5 °C

Salomatlik
11 Fevral  2020 1744

Gematologiya va transfuziologiya xizmatlari rivojlantiriladi

2020-yil 10-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4592-sonli «O‘zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, tibbiyot muassasalarining laboratoriyalarini reagentlar bilan ta'minlanganlik darajasi 7,5 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, respublika va hududiy tibbiyot muassasalarining gematologik kasalliklarini davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi 2020-yilda 6-barobarga va keyingi yillarda bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Dasturga muvofiq gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 milliard so‘m va 70,7 million dollar ajratiladi.

Qaror bilan Gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab va keyingi besh o‘quv yili davomida «Gematologiya va transfuziologiya» mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlar davlat grantlari asosida tayyorlanadi, deya xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech