25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Dolzarb
28 Mart  2020 548

General Motors o‘pkaga sun’iy havo berish apparatini ishlab chiqarishni boshlaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp General Motors kompaniyasiga  o‘pkaga sun'iy havo berish apparatlarini ishlab chiqarish yuzasidan ko‘rsatmani imzoladi.

«Vazir (sog‘liqni saqlash) o‘zining vakolati bo‘yicha qonunga muvofiq General Motors kompaniyasidan apparatlarni kerakli miqdorda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzish  va buyurtmalarni bajarishni talab qilishi kerak», - deyiladi Oq uy matbuot xizmati tarqatgan hujjatda.

Ushbu mudofaa ishlab chiqarishi haqidagi qonun 1951-yilda qabul qilingan. U hokimiyatning  milliy mudofaaga zarur hisoblangan tovarlarni ishlab chiqarish uchun xususiy sektor ustidan vakolatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Bundan avval Tramp ushbu kompaniya avval tez fursatda 40 mingta apparat ishlab chiqarishi haqida va’da berib, endi esa, aprel oyining oxirigacha faqat 6 mingta apparat tayyorlay olishi haqidagi bergan ma'umotini keskin  tanqid qilgandi.

Prezident ushbu maxsus bayonotida General Motorsni tanqid qilib, «qabul qilingan qaror amerikaliklarning hayotini saqlab qoladigan ushbu sun'iy havo berish apparatlarini ishlab chiqarishni tezlik bilan yo‘lga qo‘yishga yordam beradi» dedi.

«Bizning  GM kompaniyasi bilan muzokaramiz samarali kechdi, ammo virus bilan kurashishni orqaga surib bo‘lmaydi, GM esa vaqtni behuda ketkazdi», - ta'kidladi davlat rahbari.

Jons Xopkins Universiteti ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 100 ming kishiga yetgan, qariyb  1500 kishi vafot etgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech