13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Dolzarb
27 Mart  2019 1735

BMT Bosh kotibi Idai siklonidan aziyat chekkanlarga yordam qo‘lini cho‘zishni taklif qildi

Afrika misli ko‘rilmagan vayronakor kuchga ega iqlimiy ofatni boshdan kechirdi.

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo hamjamiyatidan tabiiy ofatdan aziyat chekkanlarga ko‘mak berishini so‘radi.

Hozircha 700 kishining halok bo‘lgani, yuzlab insonlarning bedarak yo‘qolgani, toshqinda qolgan va vayron bo‘lgan shahar hamda qishloqlar haqida ma'lumotlar bor. Mozambik, Malavi va Zimbabveda uch millionga yaqin kishi jabr ko‘rgan, asosiy zarba Mozambikka to‘g‘ri kelgani aytilmoqda. Idai sikloni Beyru shahrini qariyb kunpayakun qilgan.

- Bu bugun bizga ma'lum bo‘lganlari, xolos. Ammo falokat keltirgan zarar miqyosini keyinroq aniqlashga to‘g‘ri keladi. Biz hali yetib borolmagan hududlarda butun boshli qishloqlar yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lishi mumkin deyishga asoslar bor, - deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar miqdori milliard dollarlarga baholanadi. BMT xodimlari tabiiy ofat hududida birinchi kunlardanoq faoliyat olib bormoqda.

«Bugun Mozambik, Malavi va Zimbabve xalqi va hukumatiga o‘z hamdardligimni izhor etmoqchiman», deya ta'kidlagan BMT rahbari.

Guterrish Mozambikda insonparvarlik yordami Muvofiqlashtiruvchisini tayinlagan. So‘zi yakunida Bosh kotib Idai siklonining noodatiy kuchli va davomli bo‘lganini yana bir karra ta'kidladi. Aytishicha, bu iqlimning o‘zgarib borayotgani haqidagi «yana bir qo‘ng‘iroq» ekan.

Foto bbc.com

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech