28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Dolzarb
28 Mart  2020 509

Germaniya iqtisodiyoti ikki oyga dosh berishi mumkin

Leybnits nomidagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti prezidenti Raynt Gropp «Mitteldeutsche Zeitung» gazetasi bilan suhbatda shu haqda ta'kidladi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etadigan karantin  «dramatik oqibatlarga» olib kelishi mumkin. Uning hisob-kitobicha, Germaniya federativ respublikasining yalpi ichki mahsuloti karantin sharoitida har oyda 3 foizga tushib boradi, biroq uning kumulyativ ta’siri tufayli iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi ikki oyda 10 foizga yetadi, uch oyda undan ham oshadi.

Rayntning fikricha, koronavirusga qarshi kurash «imkon qadar yumshoqroq chora-tadbirlar» bilan olib borilishi kerak.

«Kim sog‘lom bo‘lsa ishga chiqishi kerak. Bemorlar uyda qolsin. Virus yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan keksa yoshdagilarni maksimal darajada ihotalash lozim. Ya'ni ularga nisbatan joriy qilingan cheklovlar davom ettiriladi», — dedi iqtisodchi.

Biroq u tibbiyot mutaxassislarining fikriga quloq solish kerakligini inkor etmadi. Shunga qaramay,  Rayntning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi chora-tadbirlar aniq mo‘ljalli bo‘lishi lozim, aksincha bo‘lsa iqtisodiyot  katta ziyon ko‘radi va bu aholining turmushiga va  sog‘ligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech