13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Turizm
21 Iyul  2020 407

Germaniya telekanalida Oʻzbekiston ekoturizm salohiyati namoyish etildi

“MDR” teleradiokompaniyasining “Biwak” telekoʻrsatuvida Oʻzbekistonning sayyohlik imkoniyatlariga bagʻishlangan hujjatli filmning navbatdagi seriyasi namoyish etildi.

Germaniyalik tomoshabinlarga Oʻzbekistonning veloturizm, togʻ turizmi va landshaft turizmi salohiyati bilan tanishish imkoniyati berildi. Oʻzbekistonga velosayyoh sifatida kelgan koʻrsatuv mualliflari Nurota togʻlari, Amudaryo va Sirdaryo boʻylab sayohat qilib, mamlakat haqida hikoya qilishadi.

“Qadimiy savdo yoʻllari boʻylab koʻzga tashlanuvchi qorli choʻqqilar Markaziy Osiyoda “Samoviy togʻlar” deb nomlanadi, deya tarifladi Biwak” tasvirga olish guruhi ishtirokchilari. Shuning uchun boʻlsa kerak, ular oʻzlarining yangi ekspeditsiyasini “Ipak yoʻli boʻylab Samoviy choʻqqilar tomon” deb atadilar.

Sayohat Oʻzbekistonning Nurota togʻ tizmasidan boshlanadi. Muallifning taʼkidlashicha, bu hududda turizm hali ham toʻliq rivojlanmagan. Biroq mahalliy aholining mehmondoʻstligi va goʻzal landshaftlar va sayyohlar oqimining u qadar koʻp emasligi bu yerlarning jozibadorligini yana-da oshiradi.

Afsonaviy Samarqand shahrida esa “Biwak” MDR jamoasi oʻzlarini “1001 kecha ertaklari”ga tushgandek his qilib, unga maftun boʻlishadi.

Maʼlumot uchun: “MDR” teleradiokompaniyasi 1991-yilda tashkil etilgan. Tomoshabinlar auditoriyasi boʻyicha u Germaniyada yetakchi pozitsiyalardan birini egallaydi — 10 milliondan ortiq kishi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech