21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Sport
21 Iyun  2019 916

Haqiqat qaror topdi va gimnastikachi qizlarimizga oltin medallar topshirildi

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqalar boshlanishidan avval Osiyo gimnastika ittifoqining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Unda tashkilotning gimnastikani rivojlantirish borasida ortda qolgan vaqtda qilingan ishlari sarhisob qilinib, oldinda turgan qator vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida 2017-yilgi qit'a birinchiligining jamoaviy bahslardagi oltin medallari hamyurtlarimizga topshirildi. Gap shundaki, o‘shanda Qozog‘iston terma jamoasi g‘alaba qozongan, qizlarimiz esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edilar. Biroq Qozog‘iston terma jamoasi gimnastlarining qon tahlilidan olingan doping namunalari ijobiy natija ko‘rsatgach, qozog‘istonlik sportchilarning ko‘plab turnirlar qatori ushbu musobaqadagi natijalari ham bekor qilindi. Shu tariqa Anastasiya Serdyukova, Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmonova va Anora Davlatovaga tegishli bo‘lgan oltin medallar O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ruslan Mustaevga topshirildi.

Shuningdek, musobaqada to‘pda mashq qilish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda qolib ketgan hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova ham qozog‘istonlik raqibasi chetlatilishi hisobiga bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech