20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Sport
24 Iyun  2019 640

Gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida sakkizta oltin medal olishdi

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Qizlarimiz so‘nggi kun dasturida ham o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan hakamlar va muxlislarning e'tibor markazida bo‘lishdi. O‘smirlarimiz xalqada, kattalar esa 3 ta xalqa va 2 ta bulavada o‘tkazilgan guruh mashqida eng yuqori ball bilan oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Taxmina Ikromova tasmada mashq qilish bo‘yicha ham qit'amizda tengsiz ekanligini namoyish etdi. Ayni shu element bo‘yicha o‘tkazilgan guruh bahsida esa terma jamoamiz vakillariga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Shu tariqa, mazkur Osiyo chempionatida gimnastikachi qizlarimiz 8 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech