21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Dolzarb
22 Aprel  2019 1390

Giyohvandlikka qarshi turing

Ana shunday nom olgan loyiha doirasida Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari Ruminiyada bo‘ldi.

Ruminiyaning Tirgovishte shahrida Erasmus+ dasturining «Stand against drugs» (“Giyohvandlikka qarshi turing”) loyihasi doirasida navbatdagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Muhokamada Norvegiya, Malta, Italiya, Ruminiya va O‘zbekistondan vakillar ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda yurtimiz pedagoglari giyohvandlikka qarshi kurash hamda bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Erasmus+ tomonidan moliyalashtiriladigan “Stand Against Drugs” loyihasining asosiy maqsadi Norvegiya, Italiya, Ruminiya, Malta va O‘zbekistondan loyiha ishtirokchilarini giyohvandlik va uning profilaktikasi masalalari bilan tanishtirish, jamiyatni giyohvandlikka qarshi kurashga jalb qilish, yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

Loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bo‘lib, Ruminiya va Norvegiyalik  koordinatorlar bilan hamkorlikda loyihaning maqsadi va asosiy tadbirlari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgan. Shu asosda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech