10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Xalqaro hamkorlik
18 Dekabr  2019 2103
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Nagoya merini qabul qildi

Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta'lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

2020-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida Sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech