13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Xavfsizlik
23 Iyul  2020 599

Jasorat koʻrsatgan oʻzbekistonliklar kim edi?

Rossiyaning Podolsk shahri rahbariyati bolani qutqargan oʻzbekistonlik yigitlarga minnatdorchilik bildirdi.

 

Yaqinda Parkoviy mikrorayonida toʻrtinchi qavatdan tushib ketayotgan bolani qutqarganlar kim ekan?

Tanishing: Bekmurod Turdaliyev, Elbek Saliyev, Zairbek Djurabayev va Faxriddn Risbayev.

Ular tufayli bola hech qanaqangi jarohat olmagan.

Podolsk shahri rahbari Nikolay Pestov toʻrt nafar oʻzbekistonlikka minnatdorchilik bildirgan.

Pestov oʻzining Instagram sahifasida “Yigirmanchi iyulda MUJRP-1 korxonasi ishchilari Parkoviy mikrorayonida ikki yoshli bolani qutqardilar. Toʻrtinchi qavatda koʻcha tomondan ayvon panjarasidan ushlab qolgan bolani qoʻshnilar koʻrib qolgan va shu yerga yaqin joyda ishlayotgan kompaniya ishchilarini yordamga chaqirgan. Ular darhol “xavfsizlik yostiqchasi” sifatida adyol tortganlar. Natijada bola zarar koʻrmagan. Ulyanovsk koʻchasi, 19-uy aholisiga va MUJRP-1 korxonasi ishchilari Bekmurod Turdaliyev, Elbek Saliyev, Zairbek Djurabayev Faxriddn Risbayevga rahmat!” — deb yozgan.

Eslatib oʻtamiz, bolaning mast onasi uy ichida uxlagan va ikki bolasining biri xavf ostida ekanligini bilmagan ham.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uzoq vaqt uning eshigini taqillatib uygʻota olmaganlar. Oqibatda FVV xodimlari eshikni buzib ochishga majbur boʻlganlar.

Voyaga yetmagan farzandlarini parvarish qilish va tarbiyalash boʻyicha vazifalarini bajarmaganligi uchun boʻlinmada iyun oyidan beri voyaga yetmaganlar hisobida turgan ayolga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozir uning ikkala farzandi ham bolalar shifoxonasiga joylashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech