06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Xalqaro hamkorlik
10 Iyul  2020 385

“Globuc” kompaniyasi bilan tajriba almashildi

“Oʻzbekneftgaz” AJning mutaxassislari Buyuk Britaniyaning “Globuc” kompaniyasi tomonidan 2020-yil 9-10-iyul kunlari tashkil qilingan onlayn konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiyada MDH davlatlari tomonidan neft va gaz kimyosi boʻyicha qilinayotgan yangi loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirishning yangicha usullari, bozor talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar boʻyicha strategik qarorlar qabul qilish toʻgʻrisida muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, tabiiy gazni qayta ishlab, yuqori qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni eksport qilish loyihalari toʻgʻrisida MDH davlatlarining soha mutaxassislari fikr va tajriba almashishdi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech