17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
26 Mart  2019 1263

GM Uzbekistan avtomobillarini Samarqand Darvoza savdo markazida ham xarid qilish imkoni yaratildi

GM Uzbekistan AJ mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida eng yirik va eng ko‘p tashrif buyuruvchilarni o‘z ichiga olgan oilaviy Samarqand Darvoza ko‘ngilochar-savdo markazida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda komaniya matbuot xizmati.

 

Endi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lganlar xaridni Markazga oilaviy xordiq uchun tashrif buyurgan holda ham amalga oshirishi mumkin.

Majmuaning 2-qavatida doimiy ravishda kompaniyaning dillerlik tarmog‘i vakili faoliyat ko‘rsatib, xaridorlarga sotuvda mavjud avtotransport vositalari to‘g‘risida ma'lumot beradi hamda avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzadi.

Aytish joizki, avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan dilerlik korxonasi orqali amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech