17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Transport
18 Iyun  2019 699

“GM Uzbekistan” mijozlarini ogohlantirdi

Avtomobil xaridi jarayonida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarga, xususan, u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnomaning yo‘qligi, yetkazib berilish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan avtomobillar xarid qilish chog‘ida qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz «GM Uzbekistan» komaniyasining ishonch telefonlari 78 141-77-77 yohud O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qiling, deya ma'lum qiladi kompaniya matbuot xizmati.

Kompaniya bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta'minlash maqsadida “Uzavtosavdo” mobil ilovasini ishga tushirgan.

Mazkur ilova orqali xaridorga navbat raqami va dilerdagi avtomobillar soni haqida ma'lumotlar beriladi. Agar unga zarur bo‘lgan avtomashina dilerda yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. “Uzavtosavdo” ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech