24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Transport
5 Fevral  2019 1780

“GM Uzbekistan” nomini o‘zgartiradi

Yaqin kelajakda “GM Uzbekistan” nomini o‘zgartiradi, bu haqda bugun, 5-fevral kuni “O‘zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Spot.uz internet-nashrining yozishicha, yangi nom alohida e’lon qilinadi. Kompaniya o‘z nomini “O‘zavtosanoat” “General Motors” kompaniyasining ulushini sotib olganligi uchun o‘zgartiradi.

Matbuot anjumanida 2018-yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSh dollarini tashkil etgani, 2019-yilda bu ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga ko‘tarish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Kompaniya Afg‘onistonga avtomobillarni yetkazib berishni boshlaydi.

Shuningdek, 2018-yilda avtomobillarning onlayn-sotuvi tizimi blokcheyn ishga tushirilgani tasdiqlandi. Iste’molchilar avtomobillar xaridining har bir bosqichini kuzatishi mumkin, bu jarayonning oshkoraligini ta’minlaydi.

O‘tgan yili kompaniya 100 dan ortiq komponentni mahalliylashtirishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa mahalliylashtirish hajmini 3% ga oshirdi. Natijada, yillik import 14,6 million dollarga kamaydi, 2019-yilda yillik importni 17 million dollarga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Kompaniya shuningdek, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tganligiga qaramasdan, avtomobillar uchun narxlar ko‘tarilmaganligini qayd etdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech